Hindistonda qoplon 12 kun ichida yetti kishini oʻldirdi
Hindistonning Rajastan shtatida odamxoʻr qoplonga ov eʼlon qilindi. U 12 kun ichida yetti kishini oʻldirdi.
Mahalliy oʻrmon departamenti toʻrtta qoplonni tutdi. Ammo odamxoʻr deb atalayotgani ular orasida boʻlmagan. Yirtqichdan qoʻrquv aholini tungi patrullarni tashkil etishga majbur qildi. Oʻtkir qurollar va tayoqlar bilan qurollangan odamlar qishloq koʻchalarini kezishmoqda. Boshqalari esa oʻrmonda baraban chalib uni qidirishmoqda.
Armiya esa endi qoplonni qidirishga qoʻshildi. Askarlarga hayvonni zararsizlantirish vazifasi yuklatilgan. Uni tuzoqqa ilintirib, uxlatib qoʻyish kerak. Biroq harakatlar besamar ketsa, oʻldirish uchun otishga ruxsat ham mavjud. Qidiruv ishlariga jami 10 ta guruhda 90 nafardan ortiq kishi jalb etilgan. Qoplon qurbonlari orasida, xususan, 5 va 16 yoshli ikki qiz, 65 yoshli ayol va ruhoniy bor. Garchi chorva mollari koʻp boʻlsa ham u odamlarga hujum qilishni afzal koʻrgan.
Mahalliy aholi yirtqich qoʻlga olinmaguncha xavfsiz joyda qolishga chaqirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring