Hindistonda kuchli zilzila sodir boʻldi
Foto: pixabay.com
Juma kuni kechki payt Hindistonda 6,1 balli zilzila sodir boʻldi, yer silkinishi taʼsiri mamlakat poytaxti Nyu-Dehlida ham sezilgan.
Milliy seysmologiya markazining maʼlumotlariga koʻra, zilzila epitsentri mamlakatning shimoli-gʻarbidagi Amritsar shahri yaqinida, 10 km chuqurlikda qayd etilgan.
Zilzila bir necha daqiqa davom etgan. Hozircha qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida maʼlumot yoʻq.
Kecha kechki Tojikistonda yuz bergan zilzila taʼsiri Oʻzbekiston hududida ham sezildi.
Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 22:01 yuz bergan. Zilzila kuchi Oʻzbekistonda oʻrtacha 2-3 ballni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring