Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 220 mingga yaqinlashdi
Hindistonda 3-iyun kungi holatga koʻra, koronavirusga chalinganlar soni 216 429 nafarga yetdi. Aholi soni boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turuvchi bu mamlakatda koronavirusning avj nuqtasi hali yetib kelmagani aytilmoqda.
Hindistonda oʻtgan bir sutka davomida 8944 kishining koronavirusni yuqtirib olgani maʼlum boʻldi.
“Biz virus tarqalishining avj pallasiga yetib borishimizga hali ancha bor”, deydi shifokor Nivedita Gupta. Bundan avval hukumat vakillari yangi kasallanish holatlarining kamayishi iyunning oxirida yoki iyulda boshlanishi mumkinligini aytgandi. Ammo karantin cheklovlari tugatilganidan keyin yangi kasallanganlar soni tezlik bilan oshib bormoqda.
Hozirda Hindistonda virusning oʻlim darajasi boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past boʻlib turibdi. Mamlakatda shu paytgacha 6087 kishi koronavirusdan vafot etgan. 103 949 kishi virusni yenggan boʻlib, 106 393 kishi kasalxonada davolanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring