Hindistonda arzon qogʻozdan koronavirusni aniqlab beradigan test yaratildi
Hindistonlik bir guruh olimlar arzon qogʻozdan koronavirusga oid natijalarni tez aniqlab beradigan test yaratishdi. Bu haqda BBC xabar qildi.
Mashhur hind xayoliy detektivi Feluda sharafiga nomlangan test Crispr nomli genlarni tahrirlash texnologiyasiga asoslanadi.
Feluda natijani bir soat ichida beradi va narxi 500 rupiy (taxminan 6,75 dollar) atrofida baholanmoqda.
Test Hindistondagi yirik Tata kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi va Covid-19 uchun qogʻoz shaklidagi bozorda sotib olish mumkin boʻlgan birinchitestga aylanishi mumkin.
«Bu oddiy, aniq, ishonchli, keng miqyosli va tejamkor testdir», — dedi Hindiston hukumati bosh ilmiy maslahatchisi, professor Vidjay Ragxavan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring