Hindistonda 15-iyuldan harbiylarga “Facebook”dan foydalanish taqiqlandi
Hindiston qurolli kuchlari qoʻmondonligi harbiy unvonidan qatʼi nazar barcha harbiylarga Facebook tarmogʻidagi sahifalarini zudlik bilan oʻchirishni buyurdi. Ularga shuningdek, yana 88 ta ilovadan foydalanish taqiqlandi.
Xabarda aytilishicha, taqiq 15-iyuldan kuchga kiradi. Taqiqlangan ilovalar orasida Hindistonda ishlab chiqarilgan hamda Xitoyning 59 ta ilovasi oʻrin olgan.
Yaqin oʻtmishda xorij josuslari hind askarlaridan maxfiy maʼlumot olish uchun “Facebook”dan foydalangan bir nechta holat yuz bergani taʼkidlab oʻtilgan.
15-iyuldan keyin taqiqlangan ilovalardan foydalangan har qanday harbiy xizmatchiga nisbatan intizomiy jazo chorasi koʻriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring