Hindistonda 13-Milliy saylovchilar kuni keng nishonlandi

22:15 28 Yanvar 2023 Dunyo
1201 0

Joriy yilning 25-yanvar kuni Hindistonning Yangi Dehli shahrida Hindiston Milliy saylovchilar bayrami oʻtkazildi. Tantali marosimda MSK Raisi Z.Nizomxoʻjayev hamda Matbuot kotibi M.Alimbayevlar ishtirok etdi.

Mazkur sana saylovchilarning elektoral madaniyatini yuksaltirish, yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash hamda siyosiy jarayonlardagi ishtirokini inklyuziv tarzda oshirishga qaratilgan milliy bayram hisoblanadi.

Tashrif doirasida MSK Raisi Z.Nizomxoʻjayev va Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi D.Axatovning Hindiston Saylov komissiyasi Raisi Radjiv Kumar bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda Z.Nizomxoʻjayev Milliy saylovchilar kuni munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirga taklif etilganligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va Hindiston saylov komissiyasi oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishdagi samarali hamkorlik uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер