Hindiston sayyohlar uchun oʻz darvozalarini ochmoqda. Koronavirusga qarshi emlanmaganlar ham mamlakatga kiritilishi mumkin

23:55 13 Fevral 2022 Dunyo
1070 0

Foto: Shutterstock

Hindiston 14-fevraldan boshlab sayyohlar uchun bir haftalik majburiy karantinni bekor qiladi.

Shu kundan boshlab mamlakatga nafaqat koronavirusga qarshi emlanganlar, balki emlanmagan sayohatchilar ham tashrif buyurishlari mumkin. Bundan tashqari, Hindistonda qolishning sakkizinchi kunida PZR testi topshirish talabi ham bekor qilinmoqda.

Yangi qoidalarga koʻra, sayohatchilar Hindistonga sayohat qilishdan oldin maxsus shaklni toʻldirishlari kerak. Unda ular oxirgi ikki hafta davomida sayohat maʼlumotlarini taqdim etishlari kerak.

Bundan tashqari, koronavirus uchun salbiy test natijasini yoki koronavirusga qarshi toʻliq emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etilishi lozim. Shu bilan birga 82 mamlakat fuqarolari endi Hindistonga faqat emlash sertifikati bilan kirishlari mumkin.

Barcha yoʻlovchilarga “Aarogya Setu” mobil ilovasini yuklab olish tavsiya etiladi. Qoidalarda taʼkidlanishicha, mamlakatga kelgan barcha sayyohlar 14 kun davomida oʻz sogʻligʻini oʻzi nazorat qilishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер