Hech kim, hech qachon unutilmaydi!

18:53 04 May 2018 Jamiyat
3505 0
Foto: kun.uz

Jizzax shahrida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti hamkorligida “Hech kim, hech qachon unutilmaydi!” shiori ostida yoshlar sayli tashkil etildi.

— Urush yillari xalqimizning mard o‘g‘lonlari jang maydonlarida qahramonlik namunasini ko‘rsatgan, evakuatsiya qilingan 200 mingga yaqin yetim bolalar, ayollar, o‘smirlar mamlakatimizdan boshpana topgan, — deydi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi raisi Dilmurod Xudoyshukurov. — Shuning o‘ziyoq xalqimizning olovli yillardagi xizmati qanchalik ulug‘vor bo‘lganligini ko‘rsatib turibdi. Ularni sharaflash hamda urushda halok bo‘lgan va bedarak ketgan vatandoshlarimiz xotirasini yana bir bor esga olish, o‘sha davrga xos kuy va qo‘shiqlarni ijro etish tadbirning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shu orqali biz yoshlarimizning ona Vatanga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlashni niyat qilgandik. Muhimi, bunga erishdik.

Tadbir doirasida uyushtirilgan “Yosh chegarachilar” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘lgan Baxmal qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji “Uchqun” jamoasining chiqishi ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.

Tolibjon ERGASHEV
“Xalq so‘zi” muxbiri.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер