Hech bir muammo 2-sektor rahbarining eʼtibordan chetda emas

09:40 11 May 2021 Jamiyat
1355 0

Hasan Paydoev - “Xalq so‘zi”

Qo‘shko‘pir tuman prokuraturasi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan aholining bandligini taʼminlash, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash borasida muayyan ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qo‘shko‘pir tumani 2-sektorida 13 ta mahalla mavjud bo‘lib, 46,286 nafar aholi istiqomat qiladi. O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 1023 nafar ayol “ayollar daftari”ga, 1015 nafar yosh “yoshlar daftari”ga kiritildi.

Xo‘sh, ular bilan qanday ish olib borilyapti?

Joriy yilning 1 may holatiga ko‘ra, “ayollar daftari”ga kiritilgan 969 nafar ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning 108 nafariga yer va 93 nafariga kredit berildi. 283 nafari fermer xo‘jaliklariga ishga joylashtirildi, 18 nafari esa tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Natijada 220 nafar ayol “ayollar daftari”dan chiqarildi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya masalalari ham 2-sektor rahbarining eʼtiborida. Uch nafar tibbiy himoyaga muhtoj ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatilgani, shuningdek, Kenagas mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Salomat Ro‘zmetovaning yashash xonadoni fasad qismi taʼmirlab berildi.

— 2-sektor hududidagi minglab yoshlar “yoshlar daftari”ga kiritilgan, — deydi Qo‘shko‘pir tuman prokurori, adliya maslahatchisi M. Xojaev. — Ularga o‘zlarining talablari asosida ko‘mak berilyapti. Misol uchun, tumandagi “Аkmalbek Polvon” ishlab chiqarish kooperativida “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi 50 nafar fuqaroga subsidiya ajratish orqali quyon olib berilishi taʼminlandi. Shuningdek, tumandagi “Pegas” xususiy korxonasida qo‘shimcha bino qurilishi natijasida 120 nafardan ortiq fuqarolar bandligini taʼminlash rejalashtirilgan.

Ijtimoiy muammolarni bartaraf etish ham tuman prokurori nazoratida. Uning tashabbusi bilan Xonobod mahallasining Xalqparvar ko‘chasiga Davlat dasturi asosida yangi taransfarmator o‘rnatildi. Shuningdek, “mahallabay” yurilib, aholi muammolari o‘rganilganida ushbu mahallaning Iqbol ko‘chasi taʼmirtalab ahvolda ekanligi aniqlanib, yo‘lning 800 metr joyiga shpest yotqizildi. Shu kabi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilishi natijasida mahallaning 1,2 km. gaz quvurlarini taʼmirlash va bo‘yash ishlari amalga oshirildi. Tuman prokurorining bevosita tashabbusi bilan Xonobod maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji binosi oldida yangidan sport maydonchasi qurilishi taʼminlandi.

Bu hali hammasi emas, albatta. Joriy yilning 15 aprel kuni saxovatpesha tadbirkorlar yordamida 2-sektor hududidagi 30 nafar kam taʼminlangan, ko‘p bolali, nogironligi bo‘lgan ijtimoiy ximoyaga muhtoj oilalarga 400 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Shu bilan birga, joriy yil boshida viloyat sektor rahbarlari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan, har haftada bir marotaba sektor hududida istiqomat qilib kelayotgan aholi bilan sayyor qabullar va ayollar hamda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, ularning aniqlangan muammolarini bartaraf etish choralari ko‘rib kelinmoqda.

“Xalq so‘zi”
Hasan Paydoev olgan suratlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер