“Hech bir mamlakat Ukrainaning NATOga qoʻshilishiga veto qoʻyishga haqli emas” — Pentagon rahbari
Foto: AP
Hech bir davlat NATOga har qanday davlatning kirishiga veto qoʻyishga haqli emas, Ukraina Ittifoq bilan yaqinlashuvi toʻgʻrisida mustaqil qaror qabul qiladi. Bu haqda Kiyevda oʻtkazilgan brifingda AQSH Mudofaa vazirligi rahbari Lloyd Ostin aytib oʻtdi.
Jurnalistlar Pentagon rahbaridan Ukrainaning NATOga aʼzo boʻlish istiqbollari, alyansga aʼzo boʻlish boʻyicha harakatlar rejasi hamda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bayonotiga javob berishini soʻrashdi.
“NATOga qoʻshilish Rossiya uchun eng yomon ssenariy. Hech bir uchinchi davlat NATO aʼzoligiga veto qoʻyishga haqli emas. Ukraina oʻzining tashqi siyosatini tashqi aralashuvsiz belgilashga haqli” , - deydi Ostin.
Vashington Rossiyani Qrimning bosib olinishini, Donbass, Qora dengiz va Ukraina chegaralari yaqinidagi vaziyatni, AQSH va amerikalik sheriklarga kiberhujumlarni toʻxtatishga chaqiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring