Hazorasp tumani hokimining oʻrinbosari pora bilan ushlandi
Foto: Prokuratura Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman boʻlimi tomonidan DXXning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Hazorasp tuman hokimining oʻrinbosari U.A. mansab mavqeyidan foydalanib “Qirtepa” mahallasi hududida noqonuniy qurilgan turar joy binolarini buzmaslik hamda ushbu mahalladagi tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 18 sotix yer maydonini turar joy qurish uchun ajratib berish evaziga fuqaro I.dan 12 000 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring