“Hayot afsunlari” filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi
Shu yil 7-dekabr kuni soat 17:00 da Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Pro art studiyasi tomonidan suratga olingan “Hayot afsunlari” badiiy filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi.
Mazkur premyera 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan agentlik tomonidan kinomuxlislarga tuhfa sifatida taqdim etilmoqda.
“Hayot afsunlari” kinokartinasi mahalla faoliyati haqida boʻlib, voqealar asosida mahalla institutini rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar tasvirlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring