Havoda yo‘lovchi samolyotning dvigateli portlab ketdi

14:42 18 Aprel 2018 Dunyo
1877 0
Foto: Marty Martinez/Facebook

AQShning “Southwest Airlines” aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti dvigatellaridan biri samoda portlab ketdi. 

Oqibatda bir kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana yetti nafari jarohatlandi. Fojia paytida hatto bir yo‘lovchi dvigatel parchalari sindirib yuborgan illyuminatordan tashqariga chiqib ketishiga bir bahya qolgan.

Baxtsiz hodisa “Nyu-York – Dallas” yo‘nalishida havoga ko‘tarilgan “Boeing 737-70” laynerida ro‘y berdi. Favqulodda vaziyat paytida uning bortida 144 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

“NBC” telekanalining xabar berishicha, samolyot osmonga ko‘tarilgandan 20 daqiqa o‘tib dvigatellardan biri yongan va portlagan. Uning siniqlari havo kemasi oynasini parchalab yuborgan, qanot va fyuzelyajga zarar yetkazgan.

Guvohlarning aytishicha, portlashdan so‘ng bir ayol kishini singan oyna o‘ziga tortib ketayotgan paytda boshqa bir yo‘lovchi uni ushlab olib, hayotini saqlab qolgan. 

Samolyot esa Filadelfiyadagi aeroportga favqulodda qo‘ndirildi.
Xavfli reys yo‘lovchilaridan biri bloger Marti Martinez havo transporti bortidan turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya olib borgan. Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, Martinez oyna yaqinidagi o‘rindiqda o‘tiribdi va kislorod niqobi kiyib olgan. 

Foto: Marty Martinez/Facebook

Keyinchalik u o‘sha paytda hayot bilan vidolashishga tayyor bo‘lib turganini tan oldi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер