Hasanboy Doʻsmatov Osiyo oʻyinlari gʻolibi
Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) oʻz sovrinlari orasiga Osiyo oʻyinlarining oltin medalini ham qoʻshib qoʻydi.
Hamyurtimiz murosasiz kechgan final jangida tailandlik Titisan Panmotni magʻlubiyatga uchratdi.
Hasanboy Doʻsmatov chorak finalda pokistonlik Zohayb Rashidni musobaqadan chiqarib yuborgan boʻlsa, yarim final jangida yaponiyalik Tomoya Tsuboiga qarshi ringga chiqib, 4:1 hisobida gʻalabaga erishgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring