Harbiylarning oila a’zolari ish bilan ta’minlandi
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy shaharchada harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash maqsadida yangi tikuv sexi ochildi.
III darajali serjant Akbar Ahmedovning aytishicha, ushbu sex hozircha 10 dona zamonaviy tikuv mashinasi bilan ta’minlangan bo‘lib, bu yerda yurt posbonlarining turmush o‘rtoqlari o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishdi. Bu esa, albatta, tikuvchi ayollarni o‘z bilim va ko‘nikmalarini ishga solib, oilaviy turmushini yanada yaxshilash va oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Korxona ochilishida so‘z olganlar sexda endigina ish boshlagan opa-singillar uchun bu faqat ish joyi emas, balki ularning turmush sharoitlarini yaxshilash hamda o‘z kasbiy mahoratlarini oshirish imkoniyati hamdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring