Harbiy muassasada "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi
Urganch harbiy prokuraturasi tomonidan "Jaloliddin Manguberdi" nomidagi harbiy-akademik litseyda "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.
Unda Xorazm viloyati kuch tuzilmalari tizimida xizmat qilayotgan yosh harbiylar o‘zaro bilimlarini sinab ko‘rdilar.
Qizg‘in bahslarga boy o‘tgan aqliy bellashuvlar yakunida g‘oliblarga esdalik sovg‘alar topshirildi.
Bundan tashqari, Xonqa tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limida ochiq muloqot tashkil etildi.
Jarayonda korrupsiya illati, u bilan bog‘liq jinoyatlar va javobgarlik masalalari haqida so‘z yuritildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring