Har oʻninchi ispaniyalik allaqachon koronavirus bilan zararlanib boʻlgan
Ispaniyaliklarning 9,9 foizida allaqachon koronavirus bilan zararlanib boʻlgan.
Bu Karlos II nomidagi sogʻliqni saqlash instituti tomonidan antitanachalar boʻyicha oʻtkazilgan mamlakat miqyosidagi tadqiqotda maʼlum boʻlgan.
“Bu mamlakatda allaqachon 4,7 million kishi koronavirus infeksiyasi bilan zararlanib boʻlganini anglatadi. Ularning yarmi kasallikning birinchi toʻlqini, qolgani esa ikkinchisiga toʻgʻri keladi”, deydi institut rahbari Rakel Yotti.
Uning taʼkidlashicha, virus yuqtirganlarning uchdan bir qismida kasallikning hech qanday alomatlari kuzatilmagan.
Ispaniyada pandemiya boshidan beri 1 751 884 kishida virus rasman tasdiqlangan. Uning asoratlaridan 48 803 kishi hayotdan koʻz yumgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring