“Har bir oʻquvchining oʻz guli boʻlsin!”
Samarqand viloyatida bir necha yildan buyon “Samarqandni gulga burkaylik!” aksiyasi oʻtkazib kelinadi. Ushbu aksiya doirasida Samarqand shahridagi Orif Gulxaniy uy-muzeyi taʼsischilari tomonidan shu kungacha milliondan ortiq gullar tarqatildi.
Bu safar aksiya Payariqda “Har bir oʻquvchining oʻz guli boʻlsin!” shiori ostida oʻtkazildi. Unda tumandagi oʻquvchi-yoshlarga 30 mingdan ziyod gul koʻchati va urugʻi bepul tarqatildi
Shuningdek, maktablarga taqdim etilgan noyob oʻsimliklar, anvoyi gullar va ularning urugʻlarini parvarishlash boʻyicha mutaxassislar tomonidan tushuntirish berildi.
A. Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.а
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring