Har bir oila mehr va eʼtiborda

18:30 01 Iyun 2023 Jamiyat
576 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Toshkent viloyati “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda ehtiyojmand xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Ayni jarayonda “Ayollar daftari”ni yuritish orqali turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlarga har tomonlama yordam koʻrsatish koʻlami kengayib borayotgani eʼtiborga loyiq. Yaqinda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tomonidan Nurafshon shahridagi “Ayollar daftari” roʻyxatida turuvchi 300 nafar hamyurtimizga qariyb 400 mln soʻm bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi.

Piskent tumanida oʻtkazilgan xayriya tadbirida sektor rahbarlariga kelib tushgan 33 nafar fuqaro murojaatlari oʻrganib chiqilib, 29 ta ariza qanoatlantirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, koʻp farzandli, nogironligi boʻlgan shaxslar va yolgʻiz qariyalar, oʻz daromadini yoʻqotgan vaqtincha ishsiz fuqarolarni moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 37 mln soʻm miqdorida moddiy yordam ajratildi.

Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер