Hamjihatlik va ezgulik tadbirida prokuratura xodimlari ham faol qatnashmoqda 

12:58 14 Mart 2020 Jamiyat
999 0

Yaqinlashib kelayotgan Navroʻz bayramining shukuhi butun borliqni uygʻotmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 3-martdagi “2020-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorida qayd etilganidek, xalqimiz milliy yuksalish va taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻygan hozirgi vaqtda barcha ezgu qadriyat va anʼanalarimiz qatori Navroʻz bayramining ham hayotimizdagi oʻrni va ahamiyati ortib bormoqda.
 

Bahor nafasi bilan hamohang tarzda har bir xonadonga kirib borayotgan roʻshnolik nurlari, davlat va jamiyatning barcha sohalaridagi hayotbaxsh oʻzgarishlar hammamizga cheksiz gʻurur va iftixor baxsh etmoqda.

Navroʻz ayyomi odamlarni hamjihatlikka, poklikka, yaratuvchanlik va bunyodkorlikka daʼvat etishi bilan ham ahamiyatlidir.

Mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hashari oʻtkazilayotgani ham insonlar oʻrtasida mehr-oqibat rishtalari, Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik tuygʻularini mustahkamlashi shubhasizdir.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va hududiy prokuraturalarda 14-martdan boshlab oʻtkazilayotgan hashar ham ayni ana shu maqsadni koʻzlaydi.

Ikki kun davom etadigan hashar tadbirlari jarayonida binolar va ular atroflarini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер