Hamyurtlarimiz «Alpomish va Barchinoy» xalqaro turniri g‘olibi
Toshkentda kamondan otish bo‘yicha o‘nga yaqin mamlakatdan tashrif buyurgan 100 dan ortiq sportchi ishtirokidagi “Alpomish va Barchinoy” III xalqaro musobaqasi yakunlandi.
Dasturga ko‘ra, kecha musobaqaning final bellashuvlari hamda taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirokidagi tadbirda sportchilarimiz erishgan muvaffaqiyatlar e’tirof etilib, bu kabi musobaqalar ushbu sport turini ommalashtirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Musobaqada terma jamoamiz vakillari yuqori natijalari bilan ajralib turdi. Yakunda hamyurtlarimiz 4 ta oltin va 1 ta kumush medallariga sazovor bo‘ldi.
Robiya BAXTIYOROVA,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring