Hamkorlikning yangi bosqichi

09:55 14 Aprel 2026 Jamiyat
319 0

Mamlakatimizning xalqaro maydondagi aloqalari izchil rivojlanib, mazmun jihatdan boyib bormoqda. Jumladan, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiyaning Afgʻonistonga amalga oshirgan tashrifi oʻzaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga mustahkam zamin yaratdi. Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad iqtisodiy, savdo va investitsiyaviy munosabatlarni kengaytirish, ishbilarmon doiralar oʻrtasida bevosita aloqalarni yoʻlga qoʻyishdan iborat boʻldi. Shuningdek, Qobul shahrida Andijonda ishlab chiqarilgan sanoat hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrgazmasi tashkil etilib, oʻzaro manfaatli sheriklik yoʻnalishlari belgilab olindi.

— Bunday tashriflar, avvalo, davlatlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlaydi, — deydi viloyat hokimligi masʼul xodimi Rustamjon Eshonov. — Ayniqsa, xususiy sektor vakillari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotlar xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa savdo-iqtisodiy munosabatlarni tizimli asosda yoʻlga qoʻyish orqali ikki mamlakat aholisi farovonligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Tashrif doirasida Afgʻoniston va Oʻzbekiston tadbirkorlari oʻrtasida yuqori darajadagi biznes muloqotlari oʻtkazildi. Biznes-forum yakunida tashkil etilgan B2B uchrashuvlar amaliy natijalarga boy boʻlib, umumiy qiymati 813 million dollarga teng 32 ta muhim kelishuv imzolandi. Bu koʻrsatkichlar ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar yangi pogʻonaga koʻtarilayotganini yaqqol tasdiqlaydi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер