Hamkorlik memorandumi imzolandi
Foto: Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti
Poytaxtimizda “Sud-huquq faoliyatini raqamlashtirishning dolzarb masalalari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Uning doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti va Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti oʻrtasida qonunchilik muammolarini va huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish, huquq, siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy-innovatsion faoliyat sohalarida hamkorlikni amalga oshirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumga koʻra, tomonlar xodimlarini xalqaro va milliy loyihalarda ishtirok etishga jalb etish, shuningdek turli ilmiy dasturlarda birgalikda ishtirok etish, ilmiy-texnologik muammolarni tadqiq qilishga qaratilgan innovatsion, amaliy va fundamental tadqiqot loyihalarida ishtirok etish, ilgʻor tadqiqot usullari va ustuvor ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilm-fanga oid dasturlar ishlab chiqish, amalga oshirish va raqobatbardosh natijalarga erishish boʻyicha tajriba almashish, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar boʻyicha ilmiy nashrlar va materiallar almashinuviga koʻmaklashish, ilmiy tadqiqotlar doirasida hamkorlikda oʻquv darsliklar, oʻquv-uslubiy qoʻllanma va ilmiy risolalar, nashrlar tayyorlash va chop etish, qonun hujjatlari va ularning loyihalari yuzasidan takliflar tayyorlash kabi bar qator yoʻnalishlarda hamkorlik qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring