HAMAS va Isroil sulhni uzaytirish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda
Bu haqda The Wall Street Journal gazeta Misr va Qatar rasmiylariga tayanib xabar bermoqda. WSJ xabariga koʻra, hozir tomonlar kelishuvni yana toʻrt kun yoki undan kamroq muddatga uzaytirish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Nashr manbalari bu kelishuv doirasida HAMAS kamida 20 nafar ayol va bolalarni garovda qoʻyib yuborishi mumkinligini aytmoqda.
Qayd etilishicha, har ikki tomon ham kelishuvni uzaytirish istagini ochiq eʼlon qilgan, unga koʻra, HAMAS Isroil qamoqxonalaridagi 150 nafar falastinlik asirlar evaziga garovga olingan 50 nafar isroillikni ozod qilishga vaʼda bergan.
AQSH prezidenti maslahatchisi Jeyk Sallivanning soʻzlariga koʻra, kelishuvning uzaytirilishi hozirda HAMASga bogʻliq, chunki Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu oʻz sharti — sulhning har bir qoʻshimcha kuni uchun oʻn nafar garovga olinganlarni ozod qilishini allaqachon eʼlon qilgan.
24-noyabrdan beri HAMAS toʻrt kunlik sulh doirasida garovga olinganlarning uch guruhini allaqachon ozod qilgan. Hammasi boʻlib, bitim davomida 39 nafar isroillik va 19 nafar xorijlik ozod qilindi. Oʻz navbatida Isroil 117 nafar falastinlik mahbusni ozod qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring