HAMAS yetakchisi Ismoil Haniya oilasining 10 aʼzosi halok boʻldi
Isroil askarlarining 3 ta hujumi oqibatida 24 nafar falastinlik halok boʻlgan. HAMAS rahbari Ismoil Haniya oilasining 10 aʼzosi, xususan uning singlisi Zahr Haniya jang qurboni boʻlgan. Fuqarolik mudofaasi agentligi matbuot kotibi Mahmud Basalning AFP axborot agentligiga aytishicha, seshanba kuni ertalab Haniya oilasiga tegishli uy nishonga olingan.
HAMAS guruhi voqeani tasdiqlab, Isroil qirgʻinida AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatini javobgar, deb hisoblagan. Guruhning aytishicha, Qoʻshma Shtatlar ittifoqchisiga siyosiy va harbiy maqsadlarini amalga oshirish uchun vaqt bermoqda.
HAMAS oʻz bayonotida xalqaro hamjamiyat va BMTni jinoyatchilarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.
Eslatib oʻtamiz, aprel oyida Haniyaning uch oʻgʻli va toʻrt nabirasi halok boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring