HAMAS BMTning oʻt ochishni toʻxtatish rezolyutsiyasiga rozilik bildirdi

15:14 11 Iyun 2024 Dunyo
458 0

Arxiv foto

HAMAS kecha BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan oʻt ochishni toʻxtatish rezolyutsiyasiga rozilik bildirgan. Bu haqda «Reuters» axborot agentligi guruhning yuqori lavozimli rasmiysi Sami Abu Zuhriyga tayanib xabar bermoqda.

Yaqin Sharqqa tashrif buyurgan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Bosh vazir Benyamin Netanyahu va boshqa rasmiylarda oʻt otishni toʻxtatish kelishuvi boʻyicha kuchli xohish borligini bildirgan. Kotib bu jarayon tinchlik uchun birinchi qadam ekanini taʼkidladi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Isroilning kelishuvga amal qilishini taʼminlash Vashingtonga bogʻliq. Shuningdek, HAMAS vositachilar bilan hamkorlik qilishga va kelishuv tamoyillarini amalga oshirishga tayyorligini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер