HAMAS AQSH fuqarosini ozod qildi. U soʻnggi tirik asir boʻlishi mumkin
Foto: The Times of Israel
HAMAS garovga olingan AQSH va Isroil fuqarosi hisoblangan Aleksander Idenni ozod qildi. “The Times of Israel” nashrining xabar berishicha, Iden Xalqaro qizil Xoch qoʻmitasi xodimlariga topshirilgan. Hozirda u Isroil hududida.
Taʼkidlanishicha, 20 yoshli Aleksander yaxshi jismoniy holatga ega emas, unda mushak distrofiyasi belgilari aniqlangan. 2023-yil oktyabr oyida qoʻlga olingan paytda Isroil armiyasida xizmat qilgan Aleksander Amerika fuqaroligiga ega boʻlgan HAMAS qoʻlidagi soʻnggi tirik asir boʻlishi mumkin.
Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Tramp Yaqin Sharqqa tashrifi oldidan HAMAS asirdagilarni koʻproq ozod qilishdan umidvor ekanligini aytgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring