Ham uchishga, ham yoʻlda yurishga moʻljallangan taksi namoyishi
Xpeng kompaniyasining elektr-uchar taksilari 2 oʻrindiqli boʻlib, vertolyotnikiga oʻxshash parraklarga ega. Taksi parvozni 35 minutgacha davom ettira oladi.
Narxi 157,000 dollar atrofida boʻlishi rejalashtirilgan. Kompaniyaga koʻra, odamlar bunday taksilardan 2024-yilgacha foydalana boshlaydi.
Bu haqda manbalarga tayanib “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi maʼlum qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring