Ham sharafli, ham mashaqqatli
Barcha taʼlim muassasalarida boʻlgani kabi Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyida ham 1-oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni hamda mazkur litsey 1-bosqich oʻquvchilarining qasamyod qabul qilishi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda akademik litsey oʻqituvchi va oʻquvchilaridan tashqari faxriy mehmonlar, nafaqadagi ustozlar, Qishloq xoʻjaligi vazirligi xodimlari, Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati, Qibray tumani hokimligi vakillari, Toshkent viloyati hamda Qibray tumani mudofaa ishlari boshqarmasi va bir qator jamoatchilik tashkilotlari mutasaddilari hamda ota-onalar ishtirok yetishdi.

-- Oʻqituvchilik, ustozlik kasbi ham sharafli, ham naqadar mashaqqatli, --- deydi litsey direktori, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Raʼno Turdiboyeva. -- Ushbu kasb egalari yurtimizga yetuk va malakali kadrlarni tayyorlab bermoqda. Biz, oʻqituvchilar Prezidentimiz tabrigini maroq bilan tingladik va kelgusida nimalarga eʼtibor qaratib faoliyat yuritishimizni oʻzimizga belgilab oldik. Bugun oʻqituvchilar nufuzini oshirishga qaratilgan ishlarni juda katta mamnuniyat bilan qabul qilyapmiz. Eʼtiborga yarasha ishlash, yetuk kadrlarni tayyorlash yoʻlida astoydil mehnat qilamiz. Fursatdan foydalanib, barcha ustozu murabbiylarni bayram bilan qutlayman.

Tadbir davomida akademik litsey oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari hamda kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarning dillarini hushnud yetdi.
Shuningdek, akademik litseyning 1-bosqich oʻquvchilariga ramziy tarzda bilimlar kaliti, reyting daftarchasi hamda oʻquvchilik guvohnomasi topshirildi.
Rahimjon SHERQULOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring