Hayvon bozorida oʻgʻirlangan pullar egasiga qaytarildi
2023-yil 18-iyun kuni Namangan tumanida yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:45 larda nomaʼlum shaxs, Yangi Namangan tumanida joylashgan “Yoshlik baraka hayvon bozoriga” borgan vaqtida sumkasi va ichida boʻlgan 200 AQSH dollari hamda 4.200.000 soʻm pullarini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.
Yangi Namangan tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 1985-yilda tugʻilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Undan ashyoviy dalil olingan.
Ushbu holat boʻyicha shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring