Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati uzaytirildi

21:18 02 Yanvar 2022 Jamiyat
5740 0

Davlat xizmatlari agentligi eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 3 oydan 1 yilgacha uzaytirilganini eslatib oʻtdi.

2021-yil 17-noyabrda “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida toʻgʻrisida”gi Hukumat qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga muvofiq, eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtirilishi belgilandi:

2010-yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;

2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;

2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-sentyabrgacha;

2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер