Haydovchi ikki nafar piyodaning umriga zomin bo‘ldi
19 may kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi, O‘.O. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Toshkent-O‘sh” yo‘lining 174 km.da haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar, Angren shahrida yashagan (ayol) M.I. va uch yoshli o‘g‘li A.B.ni urib yuborgan.
Natijada M.I. va A.B. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay ikkala jabrlanuvchi ham vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring