Hafta davomida harorat 25 darajaga koʻtariladi

18:06 11 Mart 2025 Jamiyat
323 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

Oʻzgidromet ertaga, 13-15-mart kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 14-martda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq; 15-martda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-martda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 14-martda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq; 15-martda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-martda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 14-15-martda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-14-mart kuni 18-23 daraja iliq, 15-martda 20-25 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-mart kuni 15-20 daraja iliq, 14-15-martda 17-22 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер