Hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi maʻlum qilindi

18:05 22 Iyun 2025 Jamiyat
342 0

Foto: “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 22-24-iyun kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 va 24-iyunda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 22-iyunda ayrim joylarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-23-iyunda 20-25 daraja, 24-iyunda 18-23 daraja, kunduzi 22-iyunda 35-40 daraja, 23-24-iyunda 32-37 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat 22-iyunda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja, 23-24-iyunda kechasi 23-28 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat 22-iyunda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja, 23-24-iyunda kechasi 23-28 daraja, kunduzi 39-44 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 22-iyunda 33-38 daraja, 23-24-iyunda 35-40 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, 22-iyunda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 23-24-iyunda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 22-iyunda 25-30 daraja, 23-24-iyunda 28-30 daraja issiq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер