Gʻuzorlik tadbirkor istirohat bogʻi barpo etdi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Bugun xususiy sektor vakillari tomonidan eng chekka hududlarda zamonaviy istirohat bogʻlari, turli madaniy hordiq chiqarish majmualari qurilib, ishga tushirilmoqda.

Ana shunday majmualardan biri Gʻuzor tumanining Jarariq mahallasida tadbirkor Juma Toshmurodov tomonidan foydalanishga topshirildi. Ertaknamo shaharcha qiyofasini olgan ushbu moʻjaz bogʻda tashrif buyuruvchilarning mazmunli hordiq chiqarishi, bolajonlarning zavq-u shavqqa toʻlib oʻynashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

— Loyihaning umumiy qiymati 2 milliard soʻmni tashkil etdi, — deydi tadbirkor. — Shundan 500 million soʻmini bank krediti hisobiga shakllantirgan boʻlsak, 1,5 milliard soʻm oʻz hisobimizdan sarflandi. Bu mablagʻning asosiy qismiga xorijdan bolalar uchun moʻljallangan eng zamonaviy attraksionlar olib kelindi. Muzqaymoq, yaxna ichimliklar savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari barpo etildi.
Ahamiyatli jihati, ushbu loyihaning yoʻlga qoʻyilishi natijasida oʻndan ortiq kishining doimiy ish bilan bandligi ham taʼminlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring