Gʻuzor tumani hokimi ishdan ketdi
arxiv foto
Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumani hokimi Saʼdulla Boboqulov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 10-aprel kuni Gʻuzor tumani hokimi Saʼdulla Boboqulov oʻz arizasiga koʻra, lavozimidan ozod etilgan.
Viloyat hokimi Saʼdulla Boboqulovga fidoi xizmatlari uchun rahmat aytib, salomatligini tiklab tez orada safga qaytishini soʻragan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring