Guruh boʻlib harakatlangan haydovchilarga chora koʻrildi
Ijtimoiy tarmoqda bir qancha transport vositalarining haydovchilari toʻy marosimida guruh boʻlib harakatlanib, boshqa harakat qatnashchilarining erkin va xavfsiz harakatiga toʻsqinlik qilganligi aks etgan video tarqaldi.
Ushbu haydovchilar aniqlandi va ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 129-moddasi 1-qismi tartibida maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring