Fototanqid: Guliston shahrining antiqa kuranti

18:13 15 Aprel 2022 Jamiyat
711 0

Foto: Халқ сўзи

Kurantning gʻaroyibligi shundaki, bir vaqtning oʻzida uning toʻrt tomonidagi soat millari toʻrt xil vaqtni koʻrsatadi. Eng qizigʻi, toʻrtovida ham har doim vaqt oʻzgarmay turadi. Negaki, soat ishlamaydi.

Kurant devoridagi lavhada mazkur vaqt minorasi 2006-yili homiylar tomonidan qurilgani bitilgan. Lekin oʻsha saxovatli kishilar bu xayrli ishga bosh qoʻshganlarida shunday chiroyli inshoot va uning yon-atrofi hozirgidek qarovsiz qoladi deb oʻylashmagan, albatta.

Gulistonliklar koʻpincha oʻzaro xabarlashganda “Soat tagida uchrashamiz” deydi. Bu faqat shaharliklar uchun emas, turli manzillardan viloyat markaziga keluvchi yoshu keksalarga ham bir-birlarini oson topishlari uchun eng qulay va yaxshi kelishuv hisoblanadi.

Shu maʼnoda shahar hokimligi va boshqa mutasaddi idoralar masʼullari ushbu fotofaktdan soʻng obodonlashtirish tizimi xodimlari va, albatta, soatsoz ustalarni ushbu kurant tomon yoʻllashar.

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер