GulDu talabasi “Yosh kitobxon” tanlovida avtomashinali boʻldi
Foto: Халқ сўзи
“Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovining 15-19 yosh toifasi oʻrtasida oʻtkazilgan respublika bosqichida Sirdaryo viloyatidan Yorqinjon Hayitboyev 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, “Spark” avtomobili sovrindoriga aylandi.
Yorqinjon Hayitboyev Yoshlar ittifoqi “Kamalak” bolalar tashkilotida koʻplab yillar davomida mardor vazifasida faoliyat yuritib, Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qaroriga muvofiq oliy taʼlim muassasasiga imtiyoz asosida qabul qilingan.
Hozirda Guliston davlat universitetida tahsil olayotgan Yorqinjon Hayitboyev isteʼdodli yosh ijodkor. Uning nazm va publitsistika yoʻnalishida koʻplab ijod namunalari respublika matbuotida eʼlon qilingan, sheʼriy toʻplami chop etilgan.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring