Green Card javoblari sanasi maʼlum boʻldi
AQSHda yashash va ishlash huquqini beradigan Green Card lotereyasining DV-2021 dasturi uchun roʻyxatdan oʻtganlar javoblarni 6-iyundan boshlab tekshirishlari mumkin boʻladi.
Green Card lotereyasi uchun roʻyxatdan oʻtganlar 6-iyundan boshlab quyidagi manzilda javoblarni tekshirishi mumkin.
Maʼlumot uchun, AQSH davlat departamenti bu yilgi Green Card lotereyasi gʻoliblarini eʼlon qilish muddatini 5-maydan 6-iyunga koʻchirishga qaror qilgandi. Shuningdek, ayni damda AQSHda yashash va ishlash uchun viza berish vaqtincha toʻxtatilgan va cheklov 22-iyungacha amal qiladi. Ammo mazkur cheklov bu yilgi Green Card gʻoliblariga taʼsir qilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, endilikda AQSHga ketish uchun lotereyaga hujjat topshiruvchilar xorijga chiqish pasportiga ega boʻlishi kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring