Goʻzallik, obodlik va xush ifor manbai

14:29 06 Mart 2023 Jamiyat
836 0

Foto: Xalq so‘zi

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida oʻtgan yilning kuz mavsumida Samarqand viloyati hududlariga 6 million 145 ming tup ortiq 27 turdagi mevali va manzarali hamda butasimon daraxt koʻchatlari ekilgan edi. Joriy yil bahor mavsumida esa yana 10 million 243 ming tup nihollarni qadash rejalashtirilgan.

Birgina Samarqand shahrining oʻzida 101 ming tup daraxt koʻchatlaridan tashqari 5 million tup gul qalamchalari ham ekiladi.

Samarqand shahri obodligi, tozaligi uchun masʼul boʻlgan obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi issiqxona xoʻjaligida bahorgi mavsumda ekish uchun 1 million tupdan ortiq gul parvarishlanmoqda. Bundan tashqari ijaraga olingan issiqxonalarda ham gul yetishtirish ishlari olib borilyapti.

— Aslida gul ekish ishlari qishin-yozin toʻxtamaydi, — deydi boshqarmaning bosh agronomi Abdulatif Bahodirov. — Bugungi kungacha markaziy koʻchalar, xiyobonlar, tarixiy obidalar atrofida sovuqqa chidamli viola, qirovgul kabi gullarni ekib chiqdik. Bu gullar may oyigacha oʻz chiroyini saqlab turadi. Hozir bahorgi mavsumda ekiladigan gullarni parvarishlayapmiz.

Bugungi kunda shahar obodonlashtirish boshqarmasi issiqxona xoʻjaligida ish qizgʻin. Unda oʻnlab turdagi gullar va rayhon koʻchatlarini ekishga tayyorlash uchun zarur agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер