Goʻsht bozorida monopoliya bormi?

20:41 08 Avgust 2019 Jamiyat
1201 0

Bugungi kunda Facebook ijtimoiy tarmogʻining bir qator guruhlarida, foydalanuvchilar tomonidan goʻsht narxi xaqida postlar qoʻyilmoqdayu Alisher Maksudovning Maslahat.uz guruhidagi postiga javoban, Monopoliyaga qarshi kurashish koʻmitasi maʼlum qiladi:

“Oʻzbekiston Respublikasi Statistika qoʻmitasi bergan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 1-aprel xolatiga tirik vaznda goʻsht ishlab chiqarish xajmlarini 94,3 foizi dehqon (shaxsiy ) xoʻjaliklariga, 4,8 foizi fermer xoʻjaliklariga va 0,9 foizi qishloq xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar hissasiga toʻgʻri kelgan.

Maʼlumotlardan koʻrinib turibdi, goʻsht bozorida hech qanday monopoliya yoʻq va unda raqobat shakllangan. Shuningdek, bu oʻz navbatida respublikamizda goʻsht bozorining talab va taklifdan kelib chiqib barqaror ishlab chiqarishni taʼminlaydigan sanoat ishlab chiqarish ulushi juda kamligini koʻrsatadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-son qarori bilan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari roʻyxati tasdiqlangan. Unga koʻra, goʻsht ushbu roʻyxatga kiritilmagan va uning narxi ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda Qoʻmita tomonidan goʻsht bozori oʻrganilmoqda. Oʻrganish yakuni boʻyicha Qoʻmita aynan shu sohada tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi axborot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер