Gonkong barcha aholisini koronavirusga qarshi testdan oʻtkazadi

02:39 18 Fevral 2022 Dunyo
876 0

Illyustrativ foto

Gonkongning barcha aholisi koronavirus uchun testdan oʻtkaziladi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, bu yerda kuniga toʻrt mingdan ortiq yangi infeksiya holatlari aniqlangan. Bu pandemiya boshidan beri eng yuqori koʻrsatkich hisoblandi.

Shu bois aeroportda maxsus cheklov choralari joriy etilgan. Yoʻlovchilar niqob taqishlari va masofani saqlashlari shart. 

Gonkongda 7,5 million aholi istiqomat qiladi. Har kuni bir million kishini testdan oʻtkazish rejalashtirilgan. Bu jarayon uch hafta ichida amalga oshiriladi va fuqarolar bu muddat ichida uchta testdan oʻtishadi. Rad etganlar esa 1300 dollar miqdorida jarimaga tortiladi.

Gonkongda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun qoʻshimcha yettita davlat klinikasi ochilgan boʻlsada, ular ham allaqachon bemorlar bilan toʻlgan. Shu bois endilikda infeksiya bilan zararlanganlarni mehmonxonalarga joylashtirish rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер