Gollandiya issiqxonalarida sunʼiy intellekt dronlari zararkunandalarga qarshi kurashadi
Xabarlarga koʻra, Gollandiya issiqxonalaridagi zararkunandalarga qarshi kurashish uchun sunʼiy intellektli jangovar dronlar yaratilganligi aytilmoqda. Gollandiyaning “PATS“ kompaniyasi hasharotlarga qarshi dronlarini taqdim etgan.
Unga koʻra, Sunʼiy intellekt infraqizil kameralar yordamida zararkunandani aniqlaydi va dronlarni ishga tushiradi. Hozirda tizim Yevropaning 250ta issiqxonasida “PATS“ tizimidan foydalangan holda sinovdan oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring