Gʻoliblar munosib taqdirlandi

16:50 29 Avgust 2022 Jamiyat
722 0

Foto: Xalq so‘zi

Namangan viloyatida oʻquvchi-yoshlarni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan “Umid nihollari” sport musobaqasining final bosqichi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi mamlakatimiz mustaqilligining qutlugʻ 31 yillik tantanalari bilan uygʻunlashib ketdi.

Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida tashkil etilgan tantanada viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov davlatimiz rahbari tomonidan bolalar sportiga koʻrsatilayotgan eʼtibor xususida alohida toʻxtalib, musobaqa gʻoliblariga muvaffaqiyat tiladi. Tadbirda 509 nafar gʻolib oʻquvchiga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Bahslar yakuniga koʻra, 3 -oʻrinni Davlatobod, 2-oʻrinni Uychi tumani jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, “Umid nihollari - 2022” sport musobaqasi gʻolibi boʻlgan Toʻraqoʻrgʻon tumani jamoasi Prezident sovgʻasi – “Damas” avtomashinasi bilan taqdirlandi. 166 nafar 1-oʻrinni egallagan oʻquvchilarning har biri noutbuk, 166 nafar 2-oʻrin egalari televizor, 177 nafar 3-oʻrin sohiblari velosiped hamda medal, diplom va kubok bilan taqdirlandi. Ularning oʻqituvchi-murabbiylariga esa sport ekipirovkalari topshirildi.

Samarqand viloyatida joriy yilda “Umid nihollari”ning quyi bosqich bahslarida sportning 11 turi boʻyicha 540 ming nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Turnirning final bosqichida esa 509 nafar isteʼdodli oʻquvchi gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Samarqand shahridagi “Moʻjiza” amfiteatrida “Umid nihollari-2022” sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan Samarqand shahar jamoasiga Prezident sovgʻasi - “Damas” avtomashinasi va oʻquvchilarning har biriga noutbuk, ikkinchi oʻrinni egallagan Ishtixon tumani sportchilariga televizor, uchinchi oʻrinni band etgan Urgut tumani yoshlariga velosiped berildi.

Tadbir katta konsert dasturi bilan yakunlandi.

Q. Najmiddinov,

A. Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер