Global falokat yuz berganda insoniyatni qutqarishi mumkin boʻlgan oʻsimlik haqida maʼlumot berildi

22:36 22 Yanvar 2022 Dunyo
1566 0

Foto: Reuters

Efiopiyada keng tarqalgan bananga oʻxshash oʻsimlik — enseta insoniyatni global falokatda qutqarishi mumkin.

Buyuk Britaniya va Efiopiya olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotga koʻra, enseta yanada issiq iqlim sharoitida 100 milliondan ortiq odamni boqishi mumkin. Efiopiyada bu oʻsimlikdan boʻtqa va non tayyorlanadi. Oʻsimlikning mevalari yeyilmaydi. Ammo ildizlarini qayta ishlashdan keyin oziq-ovqat sifatida ishlatish mumkin.

“Bu oʻsimlik oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanishida haqiqatan ham muhim rol oʻynashi mumkin”, deydi Efiopiyaning Xavassa universitetining doktori Vendavek Abebe.

Buyuk Britaniyadagi Kyu Qirollik botanika bogʻi doktori Jeyms Borrelning aytishicha, yilning istalgan vaqtida enseta ekib, hosil yigʻib olish mumkin.

Avvalroq Jeyms Borrel agar yaqin 30 yil ichida Yerda oʻrtacha harorat bir yarim darajadan koʻproqqa koʻtarilsa, insoniyatni halokatli tabiiy oʻzgarishlar kutayotgani haqida ogohlantirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер