Gʻijduvonda raqamli texnologiyalar oʻquv markazi faoliyatini boshladi
Gʻijduvon tumanida aholi, xususan, yoshlar ehtiyojidan kelib chiqib, Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ishga tushirildi.
Mazkur ish davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus va Prezidentimizning «Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid Farmoni doirasida bajarildi.
Markaz aholini axborot texnologiyalari mutaxassisliklari boʻyicha oʻqitish va kompyuter texnologiyalari hamda internetdan samarali foydalanish uchun zamonaviy infratuzilma bilan jihozlangan.Bu yerda kibersport xonalari ham mavjud.Maskanning ochilishi bilan mingdan ziyod tinglovchilarni qabul qilish va 500 nafardan ortiq davlat xizmatchisining malakasini oshirish imkoniyati yuzaga keldi.
Maʼlumot tariqasida aytish lozimki, viloyat boʻyicha xuddi shunday jami 12 ta Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini ishga tushirish koʻzda tutilgan.
Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring