Emlash sertifikatlarini sotib olganlar yangi shtammlarning rivojlanish manbaiga aylanishi mumkin — Ginsburg
Koronavirusga qarshi emlanish o‘rniga tegishli sertifikat sotib olgan fuqarolar nafaqat atrofidagi odamlarning hayotiga xavf tug‘diradi, balki koronavirusning yangi shtammlari paydo bo‘lish manbasiga ham aylanishi mumkin. Bu haqda Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg maʼlum qildi, deya xabar bermoqda TASS .
«Ular yangi shtammlarning ko‘payish joyi bo‘lib, yaqinlari, bolalari va kattalarning hayotiga xavf tug‘diradi», - dedi olim.
Uning qo‘shimcha qilishicha, sertifikat sotib olgan odamlar nafaqat pul sarflashadi, balki o‘zlarini ham o‘lim xavfi ostida qoldiradilar. «Mamlakatimizda mutlaqo bepul emlash mavjud bo‘lgan bunday sharoitda 15 mingdan ortiq emlash punktlari yaratilgan, men bu odamlarni tushunmayapman», - deya xulosa qildi Ginsburg.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring