“Giga — 2025”: Barselonada O‘zbekistonning raqamli ta’lim sohasidagi tashabbuslari taqdim etildi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “MWC Barcelona — 2025” doirasida Xalqaro elektaloqa ittifoqi (ITU) va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) tashabbusi bilan tashkil etilgan “Giga — 2025: Umumjahon maktab aloqasi uchun innovatsiyalarni kengaytirish” tadbirida ishtirok etdi.
Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.
Tadbir doirasida “The Giga Journey: muammolarni hal qilish va maktablarni ulash uchun yangi loyihalarni ishlab chiqish” mavzusida muhokamalar tashkil etilib, unda O‘zbekiston tomoni o‘z tajribasi va erishilgan natijalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, uchrashuvda tegishli tashkilotlar bilan amalga oshirilayotgan “GIGA-Accelerator Model” loyihasi haqida ma’lumotlar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring