Gidroenergetika quvvatlari mavjud salohiyatga nisbatan 2-3 barobar kam
Soʻnggi yillarda gidroenergetika sohasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda, chunki GESlar ishlab chiqariladigan elektr tannarxi boshqa manbalarga nisbatan ancha arzon, ular energetikada kunlik energiyani barqaror taʼminlashda eng samarali vositadir.
Hisob-kitoblarga koʻra, yurtimizdagi gidroenergetika salohiyati 8 ming megavattni tashkil qiladi. Ayniqsa, Toshkent, Surxondaryo va vodiy viloyatlarida bu borada katta salohiyat bor.
Joriy yilda “Toʻpalang” GESni modernizatsiya qilish ishlari yakunlanib, uning quvvati 30 megavattdan 175 megavattga oshdi. “Dargʻom” kanalida 7,2 megavattli “Shaudar” GESi foydalanishga topshirildi.
Lekin hozirda jami gidroenergetika quvvatlari mavjud salohiyatga nisbatan 2-3 barobar kam.
Shu bois, yangi loyihalarni boshlash boʻyicha katta marralar olingan. Sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring